10:25 / 17.07.2023
114

Eronda axloq politsiyasi qayta ish boshladi

Eronda axloq politsiyasi qayta ish boshladi

Foto: Reuters

16 iyuldan boshlab Eron axloq politsiyasi diniy me’yorlar va jamoat odobiga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida mamlakatda piyoda va avtomobil bilan patrullik qilishni qayta boshladi. Bu haqda Eron politsiyasi vakiliga tayanib, Isna xabar bermoqda.

2022 yil kuzida mamlakatda siyosiy va diniy rahbariyatga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tganidan so‘ng, axloq politsiyasi bo‘linmalari Eron ko‘chalarida ko‘rinmay qolgandi. Hijobini “noto‘g‘ri o‘ragani” uchun hibsga olinib, politsiya hibsxonasida halok bo‘lgan 22 yoshli eronlik kurd ayol Mahsa Aminiyning o‘limi tufayli yuzaga kelgan keng ko‘lamli norozilik namoyishlari fonida 4 dekabr kuni Eron bosh prokurori Muhammad Jafar Montazeriy “axloq politsiyaning sud tizimiga aloqasi yo‘q”ligi va u “tugatilgan”ini aytgandi. Shuningdek, u mamlakat rasmiylari ayollarni hijob o‘rashga majburlovchi qonunni o‘zgartirish ustida ish boshlaganini ta’kidlagan.

So‘nggi oylarda ko‘plab eronlik ayollar ro‘mol o‘rash talabini jim norozilik bildirish bilan e’tiborsiz qoldirdi. Aprel oyi boshida Eron sud hokimiyati rahbari G‘ulom Husayn Mohseni-Ejey hijobsiz omma oldiga chiqqan ayollarni “shafqatsizlarcha” ta’qib qilish bilan tahdid qilgandi.

Bunday xatti-harakat qadriyatlarimizga dushmanlik qilish bilan tengdir”, — degan rasmiy.

Hijobsiz ayollar “aqlli kameralar” yordamida topiladi

Aprel oyi boshida Eron politsiyasi jamoat joylariga “aqlli kameralar” o‘rnatishni boshlagani ma’lum bo‘ldi. Reuters xabariga ko‘ra, bunday qurilmalar Eron politsiyasiga boshi ochiq ayollarni aniqlash imkonini beradi. Shundan so‘ng “qoidabuzarlarga buning oqibati haqida ogohlantiruvchi matnli xabarlar” keladi. Eronning “Mizan” sud axborot agentligi xabariga ko‘ra, bu harakatlar “hijob qonuniga qarshilik ko‘rsatishning oldini olishga” qaratilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eronda axloq politsiyasi qayta ish boshladi
ePN