08:49 / 18.07.2023
156

Belarusda ko‘ngillilar militsiyasi tuzilmoqda

Belarusda ko‘ngillilar militsiyasi tuzilmoqda

Foto: TASS/BelTA

Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko «ko‘ngillilar militsiyasi to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Bu haqda 17 iyul, dushanba kuni Lukashenko matbuot xizmatida ma’lum qilindi.

Hujjat harbiy holatni ta’minlashda «fuqarolarning ixtiyoriy ishtiroki uchun» huquqiy asoslarni yaratdi. Bundan tashqari, hududiy ichki ishlar organlariga yordam ko‘rsatish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar beradi.

Fevral oyida harbiylar militsiya tarkibiga kamida 100-150 ming kishi kirishi mumkinligini aytgan edi. «Biz harbiy tayyorgarlikdan o‘tmagan odamlar, jumladan, ayollar ham ko‘ngilli bo‘lishi mumkinligini istisno qilmaymiz», dedi Belarus mudofaa vaziri Viktor Xrenin. Hujjat Mudofaa vazirligi tomonidan mamlakat Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan.

2022 yilning kuzida Belarusda test formatida xalq militsiyasi tashkil etildi. O‘shanda u Mogilev viloyatining Klimovichi tumanidagi qishloq kengashi negizida tuzilgan. Militsiya hududiy mudofaani to‘ldiradi.

Avvalroq, 17 iyul kuni «Belaruskі Gayun» monitoring guruhi Belarusga yetib kelgan «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasining yana bir karvoni o‘zi bilan 100 dan ortiq texnika olib kelgani haqida xabar bergan edi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Belarusda ko‘ngillilar militsiyasi tuzilmoqda
ePN