17:55 / 19.07.2023
761

Saakashvili Putin Ukrainani bosib olishni qachondan rejalashtirganini aytdi

Saakashvili Putin Ukrainani bosib olishni qachondan rejalashtirganini aytdi

Foto: Skrinshot

Gruziyaning hibsdagi sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2004 yildayoq Ukrainaga bostirib kirishni rejalashtirganini aytdi. Saakashvilining ochiq xati The Times nashrida chop etildi.

Saakashvilining yozishicha, Rossiya prezidenti u bilan Kremlda birinchi marta uchrashuv o‘tkazganida o‘zining hududiy ambitsiyalari haqida gapirgan.

“Hozir qilayotgan ishlarining hammasini u menga birinchi muzokaralarimiz chog‘ida ozmi-ko‘pmi ochiq aytgandi”, — deb yozadi siyosatchi.

Shundan so‘ng Saakashvili Germaniyaga yo‘l olgan va bu haqda kansler Gerxard Shrederga aytgan, ammo kansler buni “darhol Putinga yetkazgan”.

Sobiq prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u Gruziyaga qilingan hujumdan keyin ham G‘arb siyosatchilarini Rossiyadan kelayotgan xavf haqida ogohlantirgan, biroq ular bunga munosabat bildirmagan.

“Men G‘arbni Putin haqida ogohlantirganimda, menga beqaror, jazavaga tushgan jinniga qaragandek qarab, buni e’tiborsiz qoldirishdi”, — deb qo‘shimcha qildi Saakashvili.

Saakashvili tanib bo‘lmas darajada ozib ketgan

3 iyul kuni Mixail Saakashvili 2007 yildagi mitingni kuch bilan bostirish ishi bo‘yicha sud majlisida videoaloqa orqali ishtirok etganidan so‘ng Gruziya sobiq prezidentining sog‘lig‘iga xalqaro e’tibor yana kuchaydi. Sudlanuvchi juda zaif va ozib ketgan holda ko‘rinish berdi.

O‘sha kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “Rossiya Ukraina fuqarosi Mixail Saakashvilini Gruziya hukumatining qo‘li bilan o‘ldirmoqda”, deya Gruziyani uni Ukrainaga davolanish uchun yuborishga chaqirdi. U shuningdek, Ukraina Tashqi ishlar vazirligiga Gruziya elchisi Georgiy Zakarashvilining Tbilisida maslahatlashuvlar o‘tkazish uchun mamlakatni tark etishini so‘rashni topshirdi. Oradan ko‘p o‘tmay, elchi Kiyevni tark etdi.

Keyinroq Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy polshalik shifokorlar Tbilisida hibsda saqlanayotgan Saakashvili bilan uchrashgani, uni tekshiruvdan o‘tkazayotgani haqida ma’lum qildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saakashvili Putin Ukrainani bosib olishni qachondan rejalashtirganini aytdi
ePN