22:02 / 19.07.2023
1 086

Peskov: “Putinga tajovuz qilishga urinish nimani anglatishi hammaga ayon”

Peskov: “Putinga tajovuz qilishga urinish nimani anglatishi hammaga ayon”

Foto: “RIA Novosti”

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov prezidentga tajovuz qilishga urinish nimani anglatishi hammaga ayon ekanini ta’kidladi. Bu haqda “Interkafs” xabar berdi.

Peskov shu tariqa Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) prezident Siril Ramafosaning Putinni BRIKS sammitida hibsga olish urush e’lon qilishni anglatishi haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi. Kreml rasmiysi Rossiya va JAR o‘rtasidagi muzokaralarda Ramafosaning bayonoti haqida gap ketmaganini aytdi.

“Yo‘q. Ikki tomonlama muzokarada bu borada bahs bo‘lmagan. Hech kimga tushuncha berilmadi. Bu dunyoda Rossiya rahbariga tajovuz qilishga urinish nimani anglatishi hammaga aniq. Shuning uchun hech narsani tushuntirishga hojat yo‘q”, — dedi Peskov.

Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud 17 mart kuni Vladimir Putin va prezidentning bolalar huquqlari bo‘yicha komissari Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order berdi. Bunga Ukrainadan bolalarning noqonuniy olib ketilishi sabab bo‘lgan. JAR Xalqaro jinoiy sud yurisdiksiyasini tan oladi. Bu JAR rasmiylari Putin Respublikaga kelsa, uni hibsga olishi kerakligini anglatadi.

Bo‘lajak BRIKS sammiti avgust oyida Yoxannesburgda yuzma-yuz formatda bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiya prezidenti ishtirok etmasligi ma’lum bo‘ldi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Peskov: “Putinga tajovuz qilishga urinish nimani anglatishi hammaga ayon”
ePN