date
views 1 442

Ukrainada Toshkent taxallusli rus brigada komandiri yo‘q qilindi

Ukrainada Toshkent taxallusli rus brigada komandiri yo‘q qilindi

Foto: Glavred

Ukrainada 18 iyul kuni Toshkent taxallusli rus brigada komandiri Denis Ivanov yo‘q qilindi. Bu haqda uning hamkasblari xabar berdi.

Uning boshqaruvidagi harbiylar Lugansk va Donetskka qilingan hujumlarda faol bo‘lgan. U Rossiya tomonidan bosib olingan Lugansk viloyatida kamikadze dron tomonidan o‘ldirilgani aytilmoqda.

Toshkent sirli odam bo‘lib, urush davomida hech qachon intervyu bermagan, garchi uning brigadasi doimo diqqat markazida bo‘lgan. U Rossiyaning “maxsus harbiy operatsiya”si boshlanganidan buyon frontning old tomonida jang qilgan.

Denis Ivanov (Toshkent) haqida nimalar ma’lum?

Rossiya harbiysi 2014 yilda “LXR”ning 2-brigadasini boshqargan, u 2023 yil boshida Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan so‘ng, Rossiya armiyasi tarkibiga kirgan va 123 raqamini olgan.

Targ‘ibotchilar Toshkent boshchiligida rus harbiylari Lisichansk, Severodonetsk va Rubijnoyeni egallab olganini da’vo qilmoqda. Ivanov iyul oyining oxirida tug‘ilgan, u 42 yoshda edi. U polkovnik unvoniga ega edi, “LXR qahramoni” bo‘lib, unga “Rossiya qahramoni” unvoni berilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada Toshkent taxallusli rus brigada komandiri yo‘q qilindi