12:39 / 20.07.2023
181

Latviya prezidenti: Belarusda «Vagner»ning mavjudligi gibrid urushi xavfini oshiradi

Latviya prezidenti: Belarusda «Vagner»ning mavjudligi gibrid urushi xavfini oshiradi

Foto: Getty Images

Belarusda «Vagner» XHK yollanma askarlarining mavjudligi gibrid urushi usullaridan foydalanish xavfini oshiradi, masalan, Yevropaga yuborilgan noqonuniy muhojirlar orasiga vagnerchilarni ham kiritilishi mumkin, deya ma’lum qildi Latviya prezidenti Edgars Rinkevich Litvaga tashrifi chog‘ida.

«Yollanma askarlarni kiritish va ulardan ushbu gibrid urushda foydalanishga urinishlar ham bo‘ladi. Bu ssenariylarning barchasini hisobga olish kerak», - dedi Rinkevichs Litva prezidenti Gitanas Nauseda bilan qo‘shma matbuot anjumanida.

O‘z navbatida, Litva davlati rahbari shunday dedi: «Ushbu guruhlar bizning chegaralarimiz, Latviya va Litva chegaralariga juda yaqin joylashgani qo‘shimcha xavf tug‘dirmoqda».

U Belarusda yollanma askarlar soni ortib borgani sari Vilnyus qo‘shimcha xavfsizlik choralarini ko‘rishiga va’da berdi.

Bir kun avval Litva mudofaa vaziri Arvidas Anushauskas «Vagner» XHKning Belarusda bo‘lishi mintaqadagi xavfsizlik holatini sezilarli darajada o‘zgartirmasligini aytgandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Latviya prezidenti: Belarusda «Vagner»ning mavjudligi gibrid urushi xavfini oshiradi
ePN