15:24 / 21.07.2023
285

Jinoyatchilar futbolchi va uning ayolini bog‘lab, olib qochdi

Jinoyatchilar futbolchi va uning ayolini bog‘lab, olib qochdi

“PSJ” klub darvozaboni Janluiji Donnarummaning uyiga o‘g‘ri tushdi, deya xabar qilmoqda Actu17.

20 iyuldan 21 iyulga o‘tar kechasi italiyalik posbonning Parijdagi uyiga jinoyatchilar kirib borgan. Ular eshikni buzib kirgan. Zarar 500 ming yevroga baholanmoqda.

O‘g‘rilar Donnarumma va uning turmush o‘rtog‘ini bog‘lab, olib ketgan. Keyinroq juftlik o‘g‘rilar qo‘lidan qutulishga muvaffaq bo‘lgan va uydan uzoq bo‘lmagan mehmonxonaga borgan. Mehmonxona xodimlari politsiyaga xabar qilgan. Shok holatidagi juftlikni shifoxonaga olib ketishgan.

Jinoyat Parijning bezorilik bilan kurashish bo‘limi tomonidan tergov qilinmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jinoyatchilar futbolchi va uning ayolini bog‘lab, olib qochdi
ePN