Foto: “nashaniva.com”
Moskvada qo‘lga olingan Igor Strelkov (Girkin) Rossiya hukumati va harbiy qo‘mondonligini Ukrainaga qarshi muvaffaqiyatli urush olib bormayotgani uchun muntazam ravishda tanqid qilib kelgan.
So‘nggi kunlarda u o‘zining Telegram kanalida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Alina Kabayeva haqida keskin bayonotlar bergan. Hozirda u ekstremizmda ayblanmoqda. Strelkovning oxirgi bayonotlari quyidagilardan iborat.
19 iyul kuni Girkin Putinning Janubiy Afrika Respublikasidagi BRIKS sammitiga borishdan bosh tortganiga izoh berdi. “Ehtimol, ba’zi ishtirokchilar yig‘ilish oldidan 2 haftalik qattiq karantindan o‘tishdan bosh tortgandir”, — deb yozgan u.
Shuningdek, Girkin Ukraina ittifoqchilardan tobora kuchliroq qurol tizimlarini olishidan shikoyat qilgan.
Mart oyida Girkin Rossiya prezidentidan “jim bo‘lishni” so‘ragan.
Girkinning hibsga olinishi
Moskvada 2014 yilda o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk xalq respublikasi (DXR) qo‘shinlariga rahbarlik qilgan Igor Strelkov (haqiqiy ismi Girkin) hibsga olindi. U ekstremizimda ayblanmoqda. Hozirda Girkinning uyi tintuv qilinmoqda, u qayerda ekani ma’lum emas.
Strelkov Gaaga tuman sudi tomonidan sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. U 2014 yil avgustida Malayziyaning Boeing halokatida aybdor deb topilgandi. Strelkov sud majlislarida qatnashmagan va o‘z aybini qat’iyan rad etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!