06:00 / 22.07.2023
284

Uni hech kim sezmay qoldi: Yer va Oy o‘rtasida ulkan asteroid uchib o‘tdi

Uni hech kim sezmay qoldi: Yer va Oy o‘rtasida ulkan asteroid uchib o‘tdi

Foto: Shutterstock

13 iyul kuni Yer va Oy o‘rtasida 20 qavatli bino kattaligidagi asteroid uchib o‘tdi. Shu bilan birga, astronomlar buni faqat ikki kundan keyin payqashdi.

NASA kechga qolib bo‘lsa-da, ushbu obyektga 2023 NT1 deb nom berdi. Agentlikning ta’kidlashicha, uning kengligi taxminan 60 metrni tashkil etadi, shuning uchun u insoniyat uchun xavf tug‘dirmaydi. Asteroid 86 ming km/soat tezlikda uchib o‘tdi.

Obyekt Quyosh tomonidan Yerga qarab uchdi va uning nurlari teleskoplarni «ko‘r» qildi, shuning uchun u o‘z vaqtida sezilmadi. Faqat 15 iyul kuni asteroidning xavfsiz masofada uchib o‘tgani bilindi.

Astronomlarning ta’kidlashicha, Quyosh hamon Yerga yaqin obyektlarni aniqlashda katta to‘siq bo‘lib qolmoqda. Ba’zida bu jiddiy oqibatlarga olib keladi. Masalan, 2013 yilda Chelyabinskda quyosh nuri ostida harakatlangan 18 metrli asteroid shahar osmonida portladi. Uni ham astronomlar payqamay qolishgan edi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uni hech kim sezmay qoldi: Yer va Oy o‘rtasida ulkan asteroid uchib o‘tdi
ePN