13:44 / 22.07.2023
124

AQSHda ilk bor ayol kishi Harbiy-dengiz kuchlari rahbari etib tayinlanishi mumkin

AQSHda ilk bor ayol kishi Harbiy-dengiz kuchlari rahbari etib tayinlanishi mumkin

Foto: U.S.Navy

AQSH prezidenti Jo Bayden tarixda ilk bor AQSH Harbiy-dengiz kuchlari shtab boshlig‘i lavozimiga admiral Liza Franketti ismli ayol kishining nomzodini ilgari surdi. Oq uy tegishli press-relizni 21 iyul, juma kuni e’lon qildi. Frankettining nomzodi hali AQSH Senati tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Franketti hozir AQSH harbiy-dengiz kuchlari boshlig‘ining operatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari. Ilgari u O‘rta Yer dengizidagi AQSHning 6-flotiga va Koreyadagi ikkita aviatashuvchi hujum guruhiga qo‘mondonlik qilgan hamda Qo‘shma Shtatlar armiyasi shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasining strategiya, rejalar va siyosat bo‘yicha direktori lavozimida ishlagan.

Franketti nomzodini e’lon qilar ekan, Bayden uning armiyadagi 38 yillik tajribasini e’tirof etdi.

AQSH prezidenti, shuningdek, vitse-admiral Jeyms Kilbini dengiz operatsiyalari boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga, admiral Samyuel Paparoni esa Hind-Tinch okeani qo‘mondonligi rahbari lavozimiga taklif qildi. Paparo ilgari AQSH Harbiy-dengiz kuchlari shtab boshlig‘i lavozimiga eng asosiy nomzod hisoblangan. AQSH Harbiy-dengiz kuchlarining amaldagi qo‘mondoni admiral Mayk Gilday ish stajiga binoan iste’foga chiqadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda ilk bor ayol kishi Harbiy-dengiz kuchlari rahbari etib tayinlanishi mumkin
ePN