19:14 / 24.07.2023
762

Lukashenko Putinning oldiga xarita bilan keldi

Foto: Reuters

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashish uchun Sankt-Peterburgga “Polsha qurolli kuchlarining Ittifoq davlati chegaralariga joylashtirilishi” aks etgan xaritasini olib keldi. Bu haqda “BelTA” xabar berdi.

Belarus rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Varshava buning uchun juda ko‘p yollangan jangchilar va asosiy strategik zaxiralardan foydalangan.

“G‘arbiy Ukrainaning bo‘linishi, Ukrainaning parchalanishi va yerlarning Polshaga berilishini qabul qilib bo‘lmaydi. Agar Ukrainaning g‘arbiy aholisiga yordam berish kerak bo‘lsa, biz, albatta, ularni qo‘llab-quvvatlaymiz. Polshaning tayyor bo‘lmagan harbiylarni va yollanma askarlarni do‘zaxga tashlash siyosati hech narsaga olib kelmaydi”, — deydi u.

Lukashenkoning aytishicha, Polsha brigadalaridan biri hozir Brestdan 40 kilometr, boshqasi esa Grodnodan 100 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Ma’lumot o‘rnida, 23-iyul kuni Lukashenko va Putin “Ittifoq davlati xavfsizligi masalalari” bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi. Belarus prezidenti Putinga Polshaga hujum qilishni so‘ragan “Vagner” ustidan shikoyat qildi.

Putin Polsha Ukrainaga “hujum qilishni” rejalashtirayotganini aytgandi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21-iyul kuni Polsha, Litva va Ukraina harbiy ittifoqini tuzish orqali Polsha keyinchalik Ukraina hududini bosib olishni rejalashtirayotganini aytdi. U Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Putin Polshaning g‘arbiy hududlari Iosif Stalinning “tuhfasi” ekanini ta’kidladi.

Rossiya prezidenti Belarusga hujum ehtimoli haqida ham gapirib, u har qanday tahdidga Rossiya birgalikda javob qaytarishini aytdi.

“Belarusga kelsak, u Ittifoq davlat (Rossiya va Belarus ittifoqi — “Daryo” izohi)ning bir qismidir, Belarusga qarshi tajovuz Rossiyaga tajovuzni anglatadi. Biz bunga qo‘limizdagi barcha vositalar bilan javob beramiz. Bir gapni aytay — bu juda xavfli o‘yin va bunday reja mualliflari uning oqibatlari haqida o‘ylashi kerak”, — deb qo‘shimcha qildi Rossiya rahbari.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko Putinning oldiga xarita bilan keldi
ePN