10:20 / 25.07.2023
215

NASA oltinga boy asteroidga kosmik kemani yuboradi

NASA oltinga boy asteroidga kosmik kemani yuboradi

Foto: NASA

NASA muhandislari Psyche missiyasini tayyorlashning yakuniy bosqichiga o‘tishdi. Uning doirasida kosmik kema deyarli butunlay temir, nikel va oltin kabi metallardan tashkil topgan Psyche asteroidiga yuboriladi.

Psyche kemasi Kennedi kosmik markazi yaqinidagi Astrotech zavodida yig‘ildi. U 5 oktyabrga rejalashtirilgan parvozdan oldin yakuniy sinovdan o‘tkazilmoqda.

Qurilma SpaceX Falcon Heavy o‘ta og‘ir raketasi yordamida uchiriladi va diametri taxminan 279 kilometr bo‘lgan Psyche asteroidi tomon yo‘naltiriladi. Bu jism asteroidlar kamari ichida parvoz qilmoqda. Manzilga yetib borish uchun olti yil ichida taxminan 4 milliard kilometrni bosib o‘tish kerak bo‘ladi.

Psyche asteroidi quyosh tizimining eng katta marvaridlaridan biri deb ataladi. Olimlar uning iqtisodiy va ilmiy nuqtai nazardan qanchalik qimmatli ekanini yaqinda anglab yetdi. Ular uzoqdan olib borilgan kuzatishlar natijasida asteroid Quyosh tizimining shakllanishi davrida muvaffaqiyatsizlikka uchragan sayyora yadrosi qoldig‘i bo‘lishi mumkin degan xulosaga keldi. U deyarli butunlay metallardan iborat.

«Agar biz uni qo‘lga kirita olganimizda, dunyo iqtisodiyotidan ham katta, taxminan 10 kvintilion dollardan qimmatroq bo‘lar edi», deb ta’kidlamoqda olimlar.

Biroq, Psyche asteroidining haqiqiy qiymati bu sayyoramiz yadrosi qanday ko‘rinishda ekanini bilishdir. Olimlar Yerda seysmik ma’lumotlardan foydalanib, sayyora yadrosining shakli, tuzilishi va xususiyatlarini aniqlashga harakat qilmoqda. Bu faqat rentgen nurlari yordamida vayronalar ostida ko‘milgan filni rekonstruksiya qilishga urinish kabi. Psyche sayyora yadrosi qanday ko‘rinishda ekanini va Yer qanday tarkib topganini yaxshiroq tushunishni ta’minlaydi.

Bundan tashqari, missiya kelajakda ekipaj parvozlari uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan texnologiyalar uchun sinov maydonchasi bo‘lib xizmat qiladi. Parvozning o‘zi Falcon Heavy raketasining birinchi sayyoralararo missiyasi bo‘lib, kelajakda Mars missiyasi uchun poydevor qo‘yadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NASA oltinga boy asteroidga kosmik kemani yuboradi
ePN