08:53 / 26.07.2023
231

Putin oktabrda Xitoyga boradi. U Si Szinpin bilan nimani muhokama qiladi?

Foto: AP Photo

Rossiya prezidenti Vladimir Putin oktabr oyida Xitoyga tashrif buyurishi mumkin. Uning xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov bu haqda ma’lumot berdi.

Putin Xitoyga tashrif taklifini olgan, u “Bir makon, bir yo‘l” forumi bo‘lib o‘tadigan vaqtda Pekinga bormoqchi.

“Maʼlumki, biz taklifnoma olganmiz va ‘Bir makon, bir yo‘l’ forumi doirasida Xitoyga borish niyatidamiz”, — dedi Ushakov.

12-iyul kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov hozir Xitoy bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish uchun mutlaqo qulay davr ekanini aytgandi. 

Shu tariqa u Xitoy rahbari Si Szinpin rossiyalik hamkasbining Pekinga tashrifini kutayotgani haqidagi so‘zlariga izoh bergan.

Peskov tashrif davomida kun tartibidagi mavzulardan biri ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘lishini ma’lum qilgan. Moskva va Pekin joriy geosiyosiy vaziyat yuzasidan ham fikr almashadi.

Birinchi prezidentlik muddati boshlanganidan beri Putin Xitoyga 17 marta tashrif buyurgan. Uning so‘nggi tashrifi 2022-yil 4-fevralda bo‘lib o‘tgan. U Pekindagi Qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilishida ishtirok etgan.

Xitoy rahbari Si Szinpin Rossiyaga oxirgi marta 2023-yil 20-martda kelgandi. Putin va Si Szinpinning 4 soatdan ortiq davom etgan norasmiy muzokaralarida Xitoy rahbari rossiyaliklar 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida Putin nomzodini qo‘llab-quvvatlashiga ishonch bildirgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin oktabrda Xitoyga boradi. U Si Szinpin bilan nimani muhokama qiladi?
ePN