12:10 / 26.07.2023
311

Polsha «Vagner» bilan kurashish uchun maxsus qism tashkil qiladi

Polsha «Vagner» bilan kurashish uchun maxsus qism tashkil qiladi

Foto: RIA Novosti

Polsha «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi tahdidiga qarshi turish uchun maxsus sapyor qismini tuzadi. Bu haqda Polsha mudofaa vaziri Mariush Blashchak xabar berdi.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Rossiya yollanma askarlari Varshava hududiga o‘tishi mumkinligi haqidagi bayonotiga javoban Suvalki yo‘lagi yaqinida yangi harbiy-muhandislik batalyoni joylashtiriladi.

«Belarus, Litva va Rossiyaning Kaliningrad viloyati chegarasi yaqinida joylashgan Avgustov shahrida sapyor batalyoni tashkil etiladi. Biz sharqiy qanot xavfsizligi haqida qayg‘uramiz», dedi Mudofaa vaziri.

Avvalroq, Aleksandr Lukashenko Vladimir Putin bilan uchrashuvda Belarusda joylashib olgan «Vagner» jangchilari asabiga tegayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «vagnerchilar» Varshavaga ekskursiyaga bormoqchi».


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Polsha «Vagner» bilan kurashish uchun maxsus qism tashkil qiladi
ePN