21:51 / 27.07.2023
411

“Morg”da jasad yuvishgacha: Eronda hijob o‘ramagan ayollarga yangi jazo tayinlanadi

Foto: Sky News

Eronda hijob o‘rashdan bosh tortgan ayollar ishdan haydalib, mashinalari bo‘lsa, musodara qilinadi. Bu haqda The Times xabar berdi.

Xalqaro Amnesty International inson huquqlari tashkilotiga ko‘ra, Eron politsiyasi qonunga bo‘ysunmagan ayollarni mashinasi olib qo‘yilishidan ogohlantiradi. Hozirgacha 133 100 dan ortiq ayol shunday xabar olgan. Politsiya xodimlari 2 000 ta mashinani musodara qilgan.

Bundan tashqari, hijob o‘ramagn ayollar ishdan bo‘shatiladi, ularga boshqa jazo ham tayinlanadi. Misol uchun, shu oy boshida bir ayol jazo sifatida morgda jasadlarni yuvishga majbur bo‘lgan.

16 iyul kuni politsiya hijob o‘raganlikni tekshiradigan patrul xizmati tiklanishini e’lon qildi. Jamoat joylarida qonunni buzgan ayollar javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilgan.
 
Ayrim xotin-qizlarning xuddi shu sababga ko‘ra universitetlardan vaqtincha yoki doimiy chetlashtirilayotgani, imtihon topshirishga ruxsat berilmagani, jamoat transporti va bank xizmatlaridan foydalanishi taqiqlangani ma’lum.
 
Ayni paytda Eronda hijobni majburiy deb hisoblamagan yuzlab korxonalar yopildi.

Hijobsiz ayollar “aqlli kameralar” yordamida topiladi

Aprel oyi boshida Eron politsiyasi jamoat joylariga “aqlli kameralar” o‘rnatishni boshlagani ma’lum bo‘ldi. Reuters xabariga ko‘ra, bunday qurilmalar Eron politsiyasiga boshi ochiq ayollarni aniqlash imkonini beradi. Shundan so‘ng “qoidabuzarlarga buning oqibati haqida ogohlantiruvchi matnli xabarlar” keladi. Eronning “Mizan” sud axborot agentligi xabariga ko‘ra, bu harakatlar “hijob qonuniga qarshilik ko‘rsatishning oldini olishga” qaratilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Morg”da jasad yuvishgacha: Eronda hijob o‘ramagan ayollarga yangi jazo tayinlanadi
ePN