Ronaldu amerikalik go‘zalni ham, Messini ham ortda qoldirdi

“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu dunyoda eng qimmat bloger nomini oldi, deb xabar bermoqda The Sun nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, portugaliyalik yulduz ijtimoiy tarmoqdagi bitta reklama posti uchun 2,2 million yevro miqdorida haq olmoqda.
Shu tariqa, Ronaldu amerikalik model Kayli Jannerdan o‘zib ketdi. Bu qiz bitta reklama posti uchun buyurtmachilardan 1,7 million yevro oladi.
Eng qimmatbaho reklamachilar orasida uchinchi o‘rin “Inter Mayami” futbolchisiga aylangan Lionel Messiga tegishli. Argentinalik jahon chempionining har bir reklama posti 1,52 million yevroga baholanmoqda.































Izohlar 0
…