date
views 612

Rossiyaning Ukrainaga chegaradosh hududlarida aholiga qurol tarqatish boshlandi

Rossiyaning Ukrainaga chegaradosh hududlarida aholiga qurol tarqatish boshlandi
Foto: RIA Novosti

Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh Belgorod viloyati «hududiy mudofaa» jangchilari va Kursk viloyati xalq ko‘ngilli otryadi a’zolariga qurol-yarog‘ berildi. Kreml «hamma narsa qat’iy qonun asosida amalga oshayotganini» ta’kidladi.

TASS xabariga ko‘ra, chegara hududining mudofaa otryadlariga qo‘shilgan ko‘ngillilarga avtomat, dronga qarshi qurollar va UAZ avtomashinalari topshirilgan. Belgorod viloyatining mudofaa otryadlarida 3 mingga yaqin a’zo borligi aytilmoqda.

Shuningdek, Kursk viloyati xalq ko‘ngilli otryadlariga ham qurol beriladi.

«Bir necha oy davomida biz xalq ko‘ngilli otryadini qurol bilan ta’minlash masalasi ustida ishlayapmiz. Bugun mexanizm topildi, deb ayta olaman. Bazaga qurollarning birinchi partiyasi yetib keldi. Yaqin kelajakda biz qurollar sonini 300 taga yetkazamiz», dedi Kursk viloyati gubernatori Roman Starovoyt.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov so‘zlariga ko‘ra, «hamma narsa qat’iy qonun asosida amalga oshirilmoqda» va qurol tarqatish «chegara mintaqasidagi joylarda mavjud vaziyat bilan bog‘liq». Davlat Dumasi gubernatorlarga o‘z harbiy tuzilmalarini yaratishga ruxsat beruvchi tuzatishlarni qabul qilgan.

2022 yil oxirida Rossiya hukumati Ukraina bilan chegaradosh Belgorod viloyatida hududiy mudofaa otryadlarini tashkil qildi. Unga armiyaga chaqirilmaydigan, ammo jangovar tajribaga ega va «kerak bo‘lsa, o‘z uyini va oilasini himoya qilish» istagida bo‘lgan odamlar taklif etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning Ukrainaga chegaradosh hududlarida aholiga qurol tarqatish boshlandi