
Eron va AQSH har ikki tomonda besh nafardan mahbusni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi, birinchi qadam ularni uy qamog‘iga o‘tkazish bo‘ldi, deb ma’lum qildi Tehronning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi missiyasi.
AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning aytishicha, Davlat departamenti Eronda hibsda saqlangan amerikaliklar bilan aloqaga chiqqan.
Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ali Bageri Kanining aytishicha, kelishuv doirasida AQSHga qo‘yilgan talablar orasida eronliklarni AQSH qamoqxonalaridan ozod qilishdan tashqari, Eronning “milliardlab dollarlik” aktivlarini blokdan chiqarish ham bor. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington kelishuv shartlarini bajarish bo‘yicha “zaruriy majburiyatni” olgan.
Reuters va The New York Times gazetalarining masaladan xabardor manbalariga tayanib yozishicha, Eron Janubiy Koreyadagi 6 milliard dollar mablag‘i blokdan chiqarilganidan keyin, amerikaliklarni ozod qiladi. Reuters manbalaridan biri AQSH fuqarolarining Erondan chiqib ketishiga bir necha hafta kerak bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Manbaning qayd etishicha, blokdan chiqarilgach, mablag‘lar Janubiy Koreya banklaridan boshqa moliya muassasasiga o‘tkaziladi. Ulardan cheklangan hisob raqamlariga o‘tkazmalarda va faqat oziq-ovqat yoki dori-darmon sotib olish kabi insonparvarlik maqsadlarida foydalanish mumkin.
Eronning Tasnim axborot agentligi ma’lum qilishicha, mablag‘lar avval Janubiy Koreya valyutasidan yevroga konvertatsiya qilinadi, so‘ngra Eron foydalana oladigan Qatardagi hisob raqamiga yuboriladi.
Blinken, kelishuv Eronga qo‘yilgan sanksiyalarni yengillashtirishini anglatmasligini ta’kidladi: