date
views 421

Janubiy Koreyada qozog‘istonlik ayol avtobus haydovchisiga pichoq urdi

Janubiy Koreyada qozog‘istonlik ayol avtobus haydovchisiga pichoq urdi

Foto: JTBC

Janubiy Koreyaning Insight axborot agentligi xabariga ko‘ra, qozog‘istonlik 50 yoshli ayol avtobus haydovchisiga hujum qilgani uchun Seul politsiyasi tomonidan qo‘lga olindi. Ayol haydovchiga pichoq urgan.

Hodisa Seulni Suvon va Koreyaning boshqa yirik shaharlari bilan bog‘laydigan Kyonbu tezyurar trassasida sodir bo‘lgan. Nashrning yozishicha, sayyohlik avtobusi ko‘prik ostidan o‘tgach, yo‘lda uning qarshisidan bir ayol yugurib chiqqan, so‘ng avtobus oynasini sindirmoqchi bo‘lgan. Avtobus haydovchisi ayolni to‘xtatish uchun pastga tushganida, ayol unga kichkina pichoqni urib, qochib ketgan.

Hujumchi 11 daqiqadan so‘ng qo‘lga olindi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, u Qozog‘iston fuqarosi bo‘lib chiqdi.

Haydovchining jarohati hayoti uchun xavfli emasligi aytildi, u shifoxonaga yetkazilgan. Hodisa vaqtida avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan. Qo‘lga olingan shaxs giyohvand moddalar iste’mol qilgan-qilmagani tekshirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreyada qozog‘istonlik ayol avtobus haydovchisiga pichoq urdi