date
views 471

AQSH prezidentligiga nomzod ayol agar saylansa, Afg‘onistonga “bir sent ham” yubormasligini aytdi

AQSH prezidentligiga nomzod ayol agar saylansa, Afg‘onistonga “bir sent ham” yubormasligini aytdi

Foto: AP Photo

Respublikachilardan AQSH prezidentligiga nomzod Nikki Xeyli kelasi yilgi saylovlarda g‘alaba qozonsa, “Tolibon” nazorat qilayotgan Afg‘onistonga AQSHning barcha yordamlarini to‘xtatishini aytdi.

Amerikaning Washington Freebeacon nashriga bergan intervyusida Xeyli Jo Bayden hukumatining “Tolibon”ga nisbatan olib borayotgan siyosatini qattiq tanqid qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistondan AQSH qo‘shinlari “halokatli tarzda olib chiqib ketilganidan” ikki yil o‘tsa ham, Bayden amerikalik soliq to‘lovchilarning pullarini “Tolibon”ga jo‘natishda davom etmoqda.

 “Tolibon qo‘shinlarimizni o‘ldirgan va o‘z xalqini qiynoqqa solayotgan terrorchi rejim”, — deb ta’kidladi u.

Xeyli agar u prezident bo‘lsa, “terrorchi, Amerikani yomon ko‘radigan davlatlarga” bir sent ham yubormasligini aytdi.

AQSHda 2024 yilgi prezidentlik saylovlari uchun boshqa nomzodlar ham Bayden ma’muriyatining Afg‘onistondagi siyosati va mamlakatdan AQSH askarlarini evakuatsiya qilish usulini qattiq tanqid qilgandi. Jumladan, Donald Tramp Afg‘onistonda “Tolibon”ning hokimiyat tepasiga kelishida Baydenni javobgar deb hisoblaydi.

Afg‘onistonni qayta tiklash bo‘yicha maxsus inspektor idorasi (SIGAR) ma’lum qilishicha, “Tolibon” hukumat tepasiga kelganidan buyon AQSH Afg‘onistonga 2,35 milliard dollardan ortiq yordam ko‘rsatgan.

Idora AQSH haligacha Afg‘oniston xalqi uchun eng katta donor ekanini ta’kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH prezidentligiga nomzod ayol agar saylansa, Afg‘onistonga “bir sent ham” yubormasligini aytdi