Alisher Usmonov yaxtasida tintuv o‘tkazilgani yuzasidan Germaniya sudiga murojaat qildi

Dunyo1 daqiqa o'qish206
Alisher Usmonov yaxtasida tintuv o‘tkazilgani yuzasidan Germaniya sudiga murojaat qildi

Foto: dpa

Xalqaro sanksiyalar ostida qolgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov Germaniya Federal Konstitutsiyaviy sudiga o‘zining «Dilbar» yaxtasida o‘tkazilgan tintuvlar yuzasidan da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Bu haqda Die Welt yozdi.

Qayd qilinishicha, Usmonov bu tintuvlarni inson qadr-qimmatiga tajovuz va uy-joy daxlsizligi huquqini buzish deb hisoblamoqda.

Bundan tashqari, tadbirkor da’vosida o‘ziga qarshi sanksiyalar qo‘llash uchun «asoslar yo‘qligi»ni, shuningdek, sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilganidan so‘ng, o‘z aktivlari haqida xabar berishi lozimligi haqidagi qonunning «konstitutsiyaga zid» ekanini ko‘rsatgan. Usmonovning fikriga ko‘ra, qonundagi ushbu band «o‘ziga o‘zi guvohlik bermaslik» to‘g‘risidagi huquqni poymol etadi.

2022 yil sentyabrida Germaniya huquq-tartibot idoralari tergovchilari Alisher Usmonovga aloqador bo‘lgan 24 ta obyektda tintuv o‘tkazdi. Xususan, tintuvlar Tegernzeye ko‘lidagi villada va «Dilbar» yaxtasida o‘tkazildi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, tintuvlar davomida umumiy qiymati besh million yevroga teng 30 ta surat va hujjatlar olib qo‘yilgan.

2023 yil may oyida Frankfurt sudi pul yuvish bilan bog‘liq ish bo‘yicha Usmonovning uyida o‘tkazilgan tintuvlarni noqonuniy deb topdi. Shu bilan birga, Der Spiegel nashri bir ish bo‘yicha tintuvning noqonuniyligini tan olish tadbirkorning hibsga olingan mol-mulkini qaytarish uchun asos bo‘lmasligini ta’kidladi. Chunki tintuvlar bir nechta jinoiy ishlar doirasida o‘tkazilgan. Jumladan, Usmonov sanksiyalarni buzish va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashda ham gumonlanmoqda.

Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin Alisher Usmonov boshqa ko‘plab rossiyalik tadbirkor va siyosatchilar singari Yevropa Ittifoqi, shuningdek, AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Kanada, Avstraliya va boshqa mamlakatlarning sanksiyalari ostida qoldi. Usmonov Yevropa sanksiyalarini sud orqali bekor qilinishiga erishmoqchi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?