date
views 427

Xitoyda 180 ga yaqin shifoxona rahbarlari hibsga olindi

Xitoyda 180 ga yaqin shifoxona rahbarlari hibsga olindi

Foto: “yahoo.com”

Xitoyda korrupsiyaga qarshi keng ko‘lamli kampaniya doirasida so‘nggi bir necha hafta ichida 176 nafar tibbiyot muassasalari rahbari hibsga olindi. Bu haqda Global Times xabar berdi.

Iyul oyi o‘rtalaridan boshlab Xitoy hukumati mamlakatning 20 dan ortiq hududlaridagi shifoxona rahbarlarini hibsga olgan. Birgina Shensi provinsiyasi ma’muriyatiga sog‘liqni saqlash sohasidagi korrupsiya haqida 2521 ta xabar kelib tushgan, shundan so‘ng 937 kishi tekshirilgan.

Sog‘liqni saqlash bo‘yicha ekspert Chjun Chungminning so‘zlariga ko‘ra, tibbiyot sohasidagi korrupsiya “Xitoy sog‘liqni saqlash tizimi ishonchiga putur yetkazuvchi jiddiy muammodir”.

Chjun bunday jinoyatlar tibbiy resurslarning noto‘g‘ri taqsimlanishiga olib kelishi, chunki bemorlarni davolash uchun ajratilgan mablag‘lar noto‘g‘ri sarflanishini ta’kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda 180 ga yaqin shifoxona rahbarlari hibsga olindi