date

Bolakay balandlikdan yiqilib, omon qoldi

Bolakay balandlikdan yiqilib, omon qoldi

Bolakay 170 metr chuqurlikka yiqilib tirik qoldi

Chechenistonda 9 yoshli o‘g‘il bola Shatoy qishlog‘idagi tog‘ bulog‘idan suv olaman deb naqd 170 metr pastga qulab tushdi, deb xabar beradi RIA Novosti.

80 metrgacha uchib tushgan bolakay qoyadan chiqib turgan shoxnihx ushlab, osilib qolgan.

Voqea joyiga alpinist moslamalari bilan etib kelgan qutqaruvchilar bir yarim soat ichida shumtakani qutqarib olishdi. Bolakayni darhol kasalxonaga yuborishdi va uning ahvoli qoniqarli deb topildi.

RIA Novosti o‘tamiz, bundan bir necha yil avval norvegiyalik ekstremal sportchi Rikard Xenrikson deyarli bir km chuqurlikka yiqilib, tirik qolgan edi. U bir km balandlikdan salto otib, parashyutda sakrashi kerak edi. Biroq u osilib turgan turnikdan moslama chiqib ketgan va qurilma sportchi bilan birga pastga qulagan edi. Baxtli tasodif tufayli u epchillik bilan parashyut xalqasini tortishga ulgurgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Bolakay balandlikdan yiqilib, omon qoldi