Aqto‘be shahrida paydo bo‘lgan noma’lum jonzot internet yulduziga aylanmoqda

Kecha, 10 iyun kuni Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi @aktobe_zello sahifasida paydo bo‘lgan noma’lum jonzot internet yulduziga aylanmoqda, deb yozadi “Qalampir.uz” nashri.
Ko‘rinishidan ham qushga, ham toshbaqaga, ham hashorotga o‘xshaydigan bu jonzot Aqto‘be shahri fuqarolari tomonidan ushlab olingan.
Ijtimoiy tarmoqqa surati joylashtirilgach, tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ko‘rinishi g‘aroyib bo‘lgan bu jonzotning hayotini saqlab qolish kerakligi, bu dinozavrlar avlodidan bo‘lishi mumkinligi borasidagi ko‘plab izohlar qoldirildi. Ular orasida bunday jonzotlar ko‘payib ulgurmasdan yoqib yuborilishi kerakligi haqidagi fikrlar ham bor.
Yana bir foydalanuvchi suratdagi jonzotni “Eman tirnoqkapalagi” nomli gigant kapalak turiga o‘xshayotganini, bu kapalak juda katta bo‘lishi va tepadan qaralganda, yog‘ochni eslatishini aytib o‘tgan. Foydalanuvchi bergan ma’lumotga ko‘ra, bunday kapalaklar G‘arbiy, Markaziy hamda Sharqiy Evropa mamlakatlarida yashar ekan.
Ayni vaqtgacha, suratdagi jonzot aynan “kim” ekani aniqlanmadi. Tarmoq foydalanuvchilari uning ko‘rinishiga qarab taxmin qilishda davom etmoqdalar. Sizningcha, bu qanday jonzot? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing