date
views 139

Hindistonning “Chandrayaan-3” stansiyasi Oyga muvaffaqiyatli qo‘ndi (video)

ISRO’da jurnalistlar jonli efirda “Chandrayaan-3”ning Oyga qo‘nishi jarayonini tasvirga olmoqda, 23-avgust.
Foto: AP Photo

Hindistonning “Chandrayaan-3” stansiyasi tarkibidagi “Vikram” moduli Oy roveri bilan birga Oyning janubiy qutbi yaqiniga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Ma’lumotni Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti (ISRO) tasdiqladi.

Hind stansiyasining Oyga yumshoq qo‘nishi Rossiya stansiyasi halokatga uchraganidan uch kun o‘tib amalga oshdi.

Ekranda barcha nollar , demak qo‘nish muvaffaqiyatli o‘tdi. Apparat oyga qo‘ndi
 Foto: ISRO

Hindiston missiyasi tarixda birinchi marta Yer sun’iy yo‘ldoshining kam o‘rganilgan janubiy qutbi yaqiniga qo‘nishga muvaffaq bo‘ldi. Olimlarning fikricha, bu hududda muz holatidagi suv va qimmatli elementlarning katta zahiralari bo‘lishi mumkin.

Bosh vazir Narendra Modi qo‘nishni “tarixiy kun” deb atadi.

14-iyul kuni “Chandrayaan-3” avtomatik stansiyasi bilan Hindistonning eng katta va eng og‘ir raketasi LVM3 bilan birga uchirilgandi.

Kemaning seriya raqamidan ma’lumki, bu Hindiston dasturining Oyni o‘rganish bo‘yicha uchinchi missiyasidir. “Chandrayaan-1” kosmik zondi 2008-yilda Oy yuzasini 3D formatida xaritalash uchun uchirilgan.

2019-yilda esa “Chandrayaan-2” missiyasi doirasida hind roveri Oyga qo‘nishi rejalashtirilgandi, biroq qurilma bilan aloqa uzilib qolgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonning “Chandrayaan-3” stansiyasi Oyga muvaffaqiyatli qo‘ndi (video)