date
views 403

«FSB» Vladivostokdagi AQSH konsulligi sobiq xodimini qo‘lga oldi

«FSB» Vladivostokdagi AQSH konsulligi sobiq xodimini qo‘lga oldi

Foto: RIA Novosti
Robert Shonov jurnalistlar, biznesmenlar va siyosatchilarni yollash bo‘yicha ishni amalga oshirganlikda gumon qilinmoqda. «FSB» Shonovning aybiga iqror bo‘lgani aks etgan videoni e’lon qildi.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati («FSB») 28 avgust, dushanba kuni AQSHning Vladivostokdagi bosh konsulligi sobiq xodimi Robert Shonov safarbarlik, «maxsus harbiy amaliyot» (MHA) haqida ma’lumot to‘plash bo‘yicha ish doirasida qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

«FSB» ma’lumotlariga ko‘ra, Shonov «AQSHning Moskvadagi elchixonasi siyosiy bo‘limi xodimlari Silin Jeffri va Bernstayn Devid»ning ko‘rsatmasi bo‘yicha ma’lumot to‘plagan. Maxsus xizmatning ta’kidlashicha, «ko‘rsatilgan amerikalik diplomatlarni so‘roq qilish rejalashtirilgan, bu bilan bog‘liq holda AQSHning Moskvadagi elchixonasiga tegishli chaqiruv qog‘ozlari yuborilgan».

«FSB» Shonovning aybiga iqror bo‘lgani aks etgan videoni e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH elchixonasi birinchi kotibi Devid Bernstayn ma’lumot to‘plash vazifalaridan tashqari, unga «jurnalistlar, biznesmenlar, siyosatchilar orasidan Amerika Qo‘shma Shtatlariga sodiq bo‘lgan va ma’lumot to‘plash uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan shaxslarni qidirishni buyurgan».

Uch yildan sakkiz yilgacha qamoq jazosi

Videodan ma’lum bo‘lishicha, Shonov bir necha oy oldin qo‘lga olingan — uni uydan olib chiqib ketayotgan kadrlarda qor borligi ko‘rinadi. Qo‘lga olingan shaxsga Rossiya Jinoyat kodeksining 275.1-moddasida («Chet davlat bilan maxfiy hamkorlik») ko‘rsatilgan jinoyatda ayblov qo‘yilgan.

Rossiya Jinoyat kodeksining 275.1-moddasida uch yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo, bir million rublgacha jarima nazarda tutilgan. 

Ma’no jihatdan davlatga xiyonat haqidagi moddaga o‘xshash bu modda o‘tgan yili Rossiya Jinoyat kodeksiga kiritilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «FSB» Vladivostokdagi AQSH konsulligi sobiq xodimini qo‘lga oldi