
Ukraina o‘zi ishlab chiqargan uzoq masofali qurollardan muvaffaqiyatli foydalandi. Xususan, ukrainalik harbiylar 700 kilometr masofadagi nishonga zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.
Zelenskiy xavfsizlik kuchlari, harbiylar va rasmiylar ishtirokidagi kundalik yig‘ilishda bu haqda gapirgan. U Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujeniyning jang maydonidagi vaziyat, ukrainalik harbiylarning mudofaa va hujumkor harakatlari haqidagi hisobotini tinglagan.
Bundan tashqari, Strategik sanoat vazirligi vakillari Zelenskiyga mahalliy ishlab chiqilgan qurol haqida ma’lumot bergan. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik harbiylar 700 kilometr masofadagi nishonga zarba berib, Ukrainaning uzoq masofali qurollaridan foydalanishga muvaffaq bo‘ldi.