O‘zbekiston—Rossiya siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston—Rossiya siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

Moskvada O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, delegatsiyalarga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov va Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin boshchilik qildi.

Muzokaralarda bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlarga tayyorgarlikning borishi, eng avvalo siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro hamkorlikning holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi. Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki tomonlama aloqalarning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirishga qaratilgan yangi tashabbus va takliflarni ishlab chiqish uchun tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida muntazam aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar