date
views 157

AQSH Suriyada kurdlar va arablar o‘rtasidagi ziddiyatni bartaraf etishga harakat qilmoqda

AQSH Suriyada kurdlar va arablar o‘rtasidagi ziddiyatni bartaraf etishga harakat qilmoqda

Foto: Reuters
SDF kurd tuzilmalari vakillari va arab qabilalari shayxlari Dayr-az-Zorda keskinlikni yumshatish zarurligi to‘g‘risida kelishib oldi, deb xabar berdi AQSHning Suriyadagi elchixonasi Amerika rasmiylarining hududga tashrifidan so‘ng.

AQSHning yuqori martabali rasmiylari 3 sentyabr, yakshanba kuni bir necha kun avval «Suriya demokratik kuchlari» (SDF) kurd tuzilmalariga qarshi arab qabilalarining isyoni boshlangan Suriya sharqidagi Dayr-az-Zor viloyatiga tashrif buyurdi.

AQSHning Suriyadagi elchixonasi ma’lum qilishicha, davlat kotibi yordamchisi o‘rinbosari Eytan Goldrich va ISHIDga qarshi AQSH boshchiligidagi koalitsiyaga qo‘mondonlik qilayotgan general-mayor Joel B. Vauell SDF kurd tuzilmalari va qabilalar shayxlari bilan uchrashgan.

«Ular Dayr-az-Zor aholisining shikoyatlarini ko‘rib chiqish muhimligi, Dayr-az-Zorga tashqi aralashuv xavfi, tinch aholi o‘limi va jarohatlanishining oldini olish hamda zo‘ravonliklarni tezda bartaraf etish zarurligi haqida kelishib oldi», deyiladi elchixonaning X mikrobloglar tarmog‘idagi (sobiq Twitter) xabarida.

Qayd etilishicha, Goldrich va Vauell ISHIDga qarshi kurashda «AQSHning SDF bilan yaqin hamkorligi muhimligini yana bir bor ta’kidlagan».

SDF kurd tuzilmalari va arab qabilalarining jangchilari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar 27 avgustda boshlangan, uning davomida har ikki tomon ham yo‘qotishlarga uchradi. Kurdlar Dayr-az-Zor viloyatidagi Al-Buseyra va Ash-Shohil shaharlarini egallab oldi, 2 sentyabr kuni Suriya shimoli-sharqidagi ular nazorati ostidagi hududlarda komendantlik soati joriy etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Suriyada kurdlar va arablar o‘rtasidagi ziddiyatni bartaraf etishga harakat qilmoqda