Foto: Znbs.co.zm
Zambiya politsiyasi mamlakatning sobiq prezidenti Edgar Lunguning xotini Ester Lunguni o‘g‘rilikda ayblab hibsga oldi.
“Politsiya sobiq birinchi xonim Ester Lunguga qarshi rasmiy ayblov qo‘ydi va uni avtomobil o‘g‘irlash jinoyatining uchta bandi bo‘yicha hibsga oldi”, deyiladi politsiya bayonotida.
Qayd etilishicha, u bilan birga yana to‘rt kishi hibsga olingan, ularga xuddi shunday ayblovlar qo‘yilmoqda.
Ester, shuningdek, jinoyatdan topilgan deb hisoblangan mulkka egalik qilishda ham ayblanmoqda.
Barcha qo‘lga olinganlar qamoqda saqlanmoqda.
ZambiyaEdgar LunguEster LunguPolitsiya BayonotiO‘g‘rilik JinoyatiBirinchi Xonim O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing