date
views 212

Britaniya parlamentida xitoylik “josus” qo‘lga olindi

Foto: “RIA Novosti”

Buyuk Britaniya politsiyasi mamlakat parlamenti deputatining yordamchisini Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda gumon qilib qo‘lga oldi. Bu haqda The Times xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, uning faoliyati doirasiga tashqi siyosat masalalari, jumladan, Pekin bilan aloqalar kiradi. U bir muncha vaqt Xitoyda yashagan, huquq-tartibot xodimlari u yollangan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

Hibsga olingan shaxs maxfiy ma’lumotlarga kirish huquqiga ega Konservativ partiyaning bir qator yuqori martabali a’zolari bilan aloqasi bo‘lgan. Ular orasida ichki ishlar vazirining xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari Tom Tugendxat va Britaniya parlamentining tashqi ishlar qo‘mitasi raisi Alisiya Kern ham bor.

Ta’kidlanishisha, gumonlanuvchini 13-mart kuni hibsga olgan, biroq u oktabrgacha garov evaziga qo‘yib yuborilgan. O‘shanda huquq-tartibot idoralari xodimlari ish tafsilotlarini e’lon qilmagan, faqat ayblovlar davlat sirlarini oshkor qilish bilan bog‘liqligini aytgan. Ismi oshkor qilinmagan yana bir gumondor ham qo‘lga olingan.

Tegishli hodisa boshqa davlat faoliyati tufayli xavfsizlikning eng yirik buzilishlaridan biriga aylanishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya parlamentida xitoylik “josus” qo‘lga olindi