date
views 191

Germaniya TIV rahbari urush boshlanganidan beri to‘rtinchi bor Kiyevga tashrif buyurdi

Germaniya TIV rahbari urush boshlanganidan beri to‘rtinchi bor Kiyevga tashrif buyurdi

Foto: Dominik Butzmann/Imago Images

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok 11 sentyabr, dushanba kuni ertalab Kiyevga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi – o‘tgan yilning fevralida Ukraina urushi boshlanganidan beri to‘rtinchi bor. Dpa agentligining qayd etishicha, Berbok Kiyevga Nyu-Yorkdagi BMT Bosh assambleyasi yig‘ilishidan bir hafta oldin kelgan va shuning uchun uning tashrifi ahamiyatli bo‘lib, Ukraina bilan birdamlikni namoyish etishga qaratilgan.

Berbok Kiyevga poyezdda Polshadan tunda maxsus reys bilan yetib keldi, chunki Ukraina havo hududi urush tufayli yopiqligicha qolmoqda. Uni Kiyevdagi vokzalda Germaniyaning Ukrainadagi elchisi Martin Yeger kutib oldi.

Ukraina bilan birdamlik

Annalena Berbok Ukrainani Germaniyaning so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashiga ishontirdi, biroq ayni paytda Kiyevni islohotlarni davom ettirishga, jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashga ham chaqirdi.

«Bombalar yomg‘iri ostida va Rossiya tanklari qarshisida Ukraina ishonchli va qat’iy ravishda Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish yo‘lidan ketyapti. Ukraina barchamizning erkinligimizni ulkan jasorat bilan himoya qilmoqda. Ukraina bizning mudofaamiz uchun tik turibdi, u bizga ishonishi mumkin», - deya ta’kidladi Berbok hamda o‘z mamlakati Ukrainani Yevropa Ittifoqiga kirish yo‘lida qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

2022 yil iyun oyidan beri Ukraina Yevropa Ittifoqiga kirish uchun nomzod maqomiga ega. O‘shanda Yevropa komissiyasi Ukraina uchun yettita ustuvor vazifani ishlab chiqdi. Kiyev, Bryusselga ko‘ra, allaqachon bu vazifalarning bir qismini qisman bajargan. Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish shartlariga rioya qilishiga oid yangi hisobot oktyabr oyida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Rossiyani tanqid qilish

Kiyevga yetib kelgan Germaniya tashqi ishlar vaziri Rossiya rahbariyatini va Ukrainaga qarshi boshlagan urushni yana keskin tanqid qildi.

«Tajovuz nafaqat Ukrainadagi kundalik hayotga va fuqarolik obyektlariga maqsadli hujumlarda namoyon bo‘lyapti. Bu harakatlar odamlarni sindirib, tushkunlikka solishi va charchatishni maqsad qilgan», dedi Berbok.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya TIV rahbari urush boshlanganidan beri to‘rtinchi bor Kiyevga tashrif buyurdi