date
views 214

Sankt-Peterburgda politsiya binosi yonida ukraincha shior yozilgan dubulg‘a topildi

Sankt-Peterburgda politsiya binosi yonida ukraincha shior yozilgan dubulg‘a topildi

Foto: “TASS”

Sankt-Peterburgdagi huquq-tartibot idoralari binosi yonidan ukraincha shior yozilgan dubulg‘a topildi. Politsiya voqea yuzasidan tekshiruv olib bormoqda. Bu haqda “Fontanka” xabar berdi.

Patrul xizmati vakillari bino yaqinidagi obyektni payqashgan va bosh kiyimni olib, tekshiruv uyushtirgan. Dubulg‘a yonida hech qanday xavfli narsa topilmadi.

Avgust oyida Stavropol o‘lkasi gubernatori Vladimir Vladimirov Pyatigorskdagi bolalar bog‘chasi yonidan granata topilganini ma’lum qilgandi.

Shuningdek, Rossiyada o‘tgan oylarda 30 ga yaqin harbiy komissariat bo‘limlariga o‘t qo‘yish holatlari qayd etildi. O‘t qo‘yishga uringani uchun hibsga olinganlarning ko‘pchiligi “FXX xodimlari” nomidan ko‘rsatma bergan firibgarlarning qurboni bo‘lganini da’vo qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sankt-Peterburgda politsiya binosi yonida ukraincha shior yozilgan dubulg‘a topildi