date
views 277

Perulik shamanlar Neymarga qarshi marosim o‘tkazdi

Perulik shamanlar Neymarga qarshi marosim o‘tkazdi

Foto: East News

Futbol bo‘yicha Braziliya terma jamoasi JCH—2026 saralash bosqichining 2-turida Peru terma jamoasida qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 13 sentyabr tongida bo‘lib o‘tadi.

O‘yin oldidan 10 nafar perulik shaman uchrashib, terma jamoaga yordam berish uchun turli marosimlar o‘tkazgan.

Shamanlar Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymarning fotosuratini afsun qilib qo‘ygani aytilmoqda.

“Neymarning oyoqlarini bog‘lab, zararsizlantirdik. Endi u maydonda yomon o‘yin ko‘rsatadi”, — deydi shaman Feliks Rondan.

Ma’lumot uchun, Neymar saralash bosqichining 1-turidan o‘rin olgan Boliviyaga qarshi bahsda (5:1) dubl qayd etdi va terma jamoadagi 78 va 79-gollarini nishonladi. Bu borada Peleni ortda qoldirib, Braziliya tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Perulik shamanlar Neymarga qarshi marosim o‘tkazdi