date
views 430

«Yo‘qolib qolgan» asteroid topildi: u Yerga yaqinlashmoqda

«Yo‘qolib qolgan» asteroid topildi: u Yerga yaqinlashmoqda

Olimlar Yerga potensial xavfli asteroid yaqinlashayotganidan ogohlantirdi. Koinot obyektiga 349507 (2008 QY) nomi berildi. NASAning Yerga yaqin obyektlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, uning diametri 1,2 km deya baholanmoqda.

Asteroid 2023 yil 3 oktyabrda Yerga sekundiga 20 kilometrdan ortiq tezlikda yaqinlashadi. U bilan sayyora orasidagi masofa 6,3 million kmni tashkil qiladi. Mutaxassislarning tushuntirishicha, Yerdan 7,5 million km uzoq masofadan o‘tuvchi jismlar potensial xavfli hisoblanadi.

Qizig‘i shundaki, bu asteroid 1989 yil sentyabr oyida kashf etilgan. Ammo keyin u 30 yildan ortiq vaqt davomida olimlar e’tiboridan g‘oyib bo‘ldi. U faqat 2023 yil fevralida yana topildi.

Asteroid orbitasi Yer orbitasi bilan kesishadi. Biroq, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu ikki obyekt albatta to‘qnashadi, degan xulosani bermaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Yo‘qolib qolgan» asteroid topildi: u Yerga yaqinlashmoqda