date
views 312

Yaponiyada 100 yoshdan oshganlar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi

Yaponiyada 100 yoshdan oshganlar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi

Foto: AP

100 yoshdan oshgan Yaponiya aholisi soni 92 mingdan ortdi, bu mamlakatning so‘nggi 53 yildagi rekordi hisoblanadi. Bu haqda Yaponiya Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligiga tayanib TASS xabar berdi.

15 sentyabr holatiga ko‘ra, mamlakatda 100 yoshdan oshgan fuqarolar soni 92139 nafarni tashkil qilgan. Yaponiyada bir asrni ko‘rgan fuqarolar soni 50 yildan beri o‘sib bormoqda. Bu yil ushbu ko‘rsatkich 2022 yilga nisbatan deyarli 1500 kishiga ko‘p.

100 yoshdan oshganlar umumiy sonining 88,5 foizini ayollar tashkil etadi - 81,5 mingdan ortiq. Erkaklar soni 10,5 mingdan ortiq.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil 100 yoshini Yaponiyaning 47107 fuqarosi nishonlaydi. Ularga hukumat tomonidan tabrik xatlari va esdalik sovg‘alari topshiriladi.

Yaponiyadagi eng keksa ayol - 116 yoshli osakalik Fusa Tatsumi, eng keksa erkak - tibalik 111 yoshli Gisaburo Sonobe. Mamlakatda har 100 ming kishiga 100 yoshdan oshgan o‘rtacha 73 kishi to‘g‘ri keladi — Yaponiya yuz yoshlilar soni bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyada 100 yoshdan oshganlar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi