date
views 198

Yaponiyada 100 yoshdan oshgan insonlar soni birinchi marta 92 ming nafardan oshdi

Yaponiyada 100 yoshdan oshgan insonlar soni birinchi marta 92 ming nafardan oshdi

Foto: Google Images 

Yaponiyada 100 yoshdan oshgan insonlar soni ilk bor 92 ming nafardan oshdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi.

Hozirda Quyosh chiqar o‘lkada 100 yoshdan oshgan 92 139 nafar fuqaro istiqomat qiladi. 50 yildan beri yuz yoshdan oshayotgan insonlar soni ortib bormoqda. Bu yil mamlakatda 100 yoshdan oshganlar soni 1,5 ming nafarga ko‘paydi. Yuz yoshdan oshganlarning 89 foizini ayollar tashkil qiladi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda 47 107 kishi o‘zining 100 yoshini nishonlaydi. Hukumat ularga tabrik maktublari va esdalik sovg‘alarini yuboradi.

Yaponiyada 1963 yilda qariyalarni ijtimoiy ta’minlash to‘g‘risidagi qonun qabul qilingandan so‘ng yuz yoshdan oshayotganlar soni ortib bormoqda. 1963 yilda mamlakatda 100 yoshdan oshgan 153 nafar inson bor edi. 1981 yilda ularning soni mingdan oshdi, 1998 yilda — 10 ming, 2012 yilda esa 50 ming nafarga yetgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyada 100 yoshdan oshgan insonlar soni birinchi marta 92 ming nafardan oshdi