date
views 272

NATO 2024 yilda sovuq urush davridan beri eng yirik harbiy mashqlarni o‘tkazadi

NATO 2024 yilda sovuq urush davridan beri eng yirik harbiy mashqlarni o‘tkazadi

Foto: AP

NATO Harbiy qo‘mitasi rahbari admiral Rob Bauer so‘zlariga ko‘ra, 2024 yilda Shimoliy Atlantika alyansi «sovuq urush» davridan beri o‘zining eng yirik mashqlarini o‘tkazadi. Bu haqda u Osloda bo‘lib o‘tgan NATO bosh shtabi boshliqlarining konferensiyasida ma’lum qildi.

Mashqlar Steadfast Defender (Chidamli himoyachi) deb nomlanadi va unda 40 mingdan ortiq kishi ishtirok etadi. Mashqlar Germaniya, Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlari hududida bo‘lib o‘tadi.

11 sentyabr kuni Financial Times (FT) nashri NATO sovuq urush davridan beri eng yirik mashqlarni o‘tkazish rejasi borligi haqida yozgan edi. Mashqlardan maqsad «NATO davlatlaridan biriga qaratilgan Rossiya tajovuzini qaytarishga urinish» ekani aytildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NATO 2024 yilda sovuq urush davridan beri eng yirik harbiy mashqlarni o‘tkazadi
-->