«Aeroflot» Turkiyaga 16-17 kungi reyslarini bekor qildi

«Aeroflot» Turkiyaning Istanbul va Antaliya shaharlariga bo‘lgan 16 iyungi barcha hamda 17 iyun kungi ertalabki reyslarni bekor qildi, deya xabar beradi aviakompaniya vakili «RIA Novosti»ga.
– Istanbul va Antaliya shaharlariga bo‘lgan 16 iyun kungi ertalabki va kechki barcha reyslar bekor qilingan. Shuningdek, Istanbul va Antaliyaga 17 iyun kuni ertalabki reyslar ham amalga oshirilmaydi, – deydi kompaniya vakili.
Eslatib o‘tamiz, kompaniya har kuni ikki marta Istanbulga va bir marta Antaliyaga reysni amalga oshirib kelayotgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing