date
views 278

Tramp Baydenga parodiya qildi

Tramp Baydenga parodiya qildi

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Kaliforniyadagi tarafdorlar mitingida Jo Baydenga parodiya qildi va olqishlar oldi, deb yozmoqda RIA Novosti.

Tramp o‘z so‘zini Bayden sahnadan chiqish yo‘lini topa olmayapti deb boshladi.

“Chapga borsam ham, o‘ngga borsam ham zina bor. Bu yigit esa: “Men qayerdaman? Men qayerdaman jin ursin?” deb yuradi”, — deya masxara qildi u.

Bu yil 81 yoshni qarshilagan Jo Bayden AQSH tarixidagi eng keksa prezidentga aylandi. Oxirgi paytlarda u bir necha marta qoqilib yoki yiqilib tushdi, havoga salom berdi yoki sahnada adashib qoldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Baydenga parodiya qildi