Yaponiyada 6,6 magnitudali zilzila yuz berdi. Sunami xavfi e’lon qilindi

5 oktyabr kuni ertalab Yaponiya Meteorologiya agentligi Tinch okeanining g‘arbiy qismida sodir bo‘lgan 6,6 magnitudali zilziladan keyin sunami xavfi haqida ogohlantirdi. Agentlik Izu zanjiridagi orollar sohilida to‘lqinlar 1 metrgacha ko‘tarilishini prognoz qildi.
Balandligi 0,2 metrgacha bo‘lgan to‘lqinlar sharqdagi Tiba prefekturasidan g‘arbdagi Kagosima prefekturasigacha cho‘zilgan hududga yetib borishi taxmin qilinmoqda, deb xabar berdi The Japan Times.
Zilzila soat 11:00 da (Toshkent vaqti bilan 07:00) Izu orollari zanjiridagi Torisima yaqinida 10 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan.
Sohilbo‘yi hududlarida va daryolar yaqinida yashovchi odamlarga balandroq yerga chiqish tavsiya etilmoqda.































Izohlar 0
…