date
views 838

Zelenskiy Isroil bo‘yicha pozitsiyasini ochiqladi

Zelenskiy Isroil bo‘yicha pozitsiyasini ochiqladi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Germaniya, Buyuk Britaniya va Italiya rahbarlari, shuningdek, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan qo‘ng‘iroqlashdi. Bu haqda bosh vazir devoni xabar bergan.

«Bosh vazir Benyamin Netanyaxu bugun Germaniya kansleri Olaf Shols bilan gaplashdi. Shuningdek, Vladimir Zelenskiy, Italiya bosh vaziri Jorjiya Meloni va Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak bilan ham muloqotlar o‘tkazildi», — deyiladi idorada.

Yevropa davlatlari yetakchilari va Ukraina rahbari Zelenskiy Isroilning o‘zini himoya qilish huquqini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, G‘azo sektoridagi HAMAS guruhi 7 oktyabr kuni Isroil hududlariga raketa zarbalari berdi. Isroil bunga javoban G‘azo hududida operatsiya boshlanganini eʼlon qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Isroil bo‘yicha pozitsiyasini ochiqladi