15:22 / 16.10.2023
363

Muhammad bin Salmon: Isroil xalqaro qonunlarni hurmat qilishga majbur

Muhammad bin Salmon: Isroil xalqaro qonunlarni hurmat qilishga majbur

Foto: Leon Neal/Getty Images

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuvda Ar-Riyod Isroilning G‘azo sektorida tinch aholiga qarshi hujumlarini qoralashini aytib, xalqaro humanitar huquqni hurmat qilishga chaqirdi.

Muhammad bin Salmon Blinken bilan poytaxt Ar-Riyodda uchrashdi, deya xabar beradi SPA Saudiya Arabistoni rasmiy axborot agentligi.

Uchrashuvda Muhammad bin Salmon Saudiya Arabistoni Isroilning G‘azo sektoridagi tinch aholi va infratuzilma obyektlariga hujumlarini qoralashini aytdi.

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi begunoh odamlarning o‘limiga sabab bo‘layotgan harbiy amaliyotlarni to‘xtatish muhimligini ta’kidladi.

Mamlakatining keskinlikni yumshatishga qaratilgan sa’y-harakatlariga ishora qilgan Muhammad bin Salmon: «Xalqaro insonparvarlik qonunlariga, jumladan, keskinlikni yumshatish va G‘azoga qo‘yilgan blokadani olib tashlashga rioya qilish kerak», dedi.

Uning aytishicha, Saudiya Arabistoni Falastin xalqining qonuniy huquqlarini ro‘yobga chiqarish, uzoq muddatli tinchlikka erishish uchun barqarorlik va tinchlik jarayonini tiklashga harakat qilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo