date
views 454

Entoni Blinken Saudiya shahzodasi bilan uchrashuvni tuni bilan kutishga majbur bo‘ldi

Entoni Blinken Saudiya shahzodasi bilan uchrashuvni tuni bilan kutishga majbur bo‘ldi

Foto: Washington Post

Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida AQSH davlat kotibi Entoni Blinken qirollik valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan uchrashuvni tun bo‘yi kutishiga to‘g‘ri keldi, deb yozadi Washington Post.

Ar-Riyodda Saudiyaning valiahd shahzodasi Entoni Blinken bilan kechqurun uchrashuv o‘tkazishi kerak edi. Biroq shahzoda faqatgina ertalab uchrashuvga kelgan”, — deb yozadi gazeta.

Saudiya shahzodasi bilan uchrashuv chog‘ida Blinken AQSHning Falastin—Isroil mojarosi bo‘yicha qarashlarini ma’lum qildi.

AQSH davlat kotibining Yaqin Sharq bo‘ylab safari 12 oktyabr kuni Isroilga tashrif bilan boshlandi. Keyin u Iordaniyaga yetib keldi va u yerdan Qatarga yo‘l oldi. Shundan keyin Blinken Bahrayn va Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Entoni Blinken Saudiya shahzodasi bilan uchrashuvni tuni bilan kutishga majbur bo‘ldi