490
Shvetsiyalik futbolchilar qotillikni eshitgandan so‘ng 2-bo‘limda maydonga tushishni xohlamadi
Futbol bo‘yicha Yevro—2024 saralashidan o‘rin olgan Belgiya va Shvetsiya o‘rtasidagi bahs (1:1) Bryusselda ikki nafar muxlis otib ketilgani sababli to‘xtatildi.
Bryusselda shvetsiyalik ikki nafar muxlis otib ketildi. Shuningdek, yana bir kishi jarohat oldi.
Het Laatste Nieuws xabariga ko‘ra, ushbu xabarni eshitgandan so‘ng shvetsiyalik futbolchilar ikkinchi bo‘limda maydonga tushishdan bosh tortgan. Belgiya terma jamoasi esa ularni qo‘llab-quvvatlagan. Natijada, uchrashuv qoldirildi.
Ma’lum bo‘lishicha, ikki nafar muxlisning qotili ISHID a’zosi Slayem S. ismli shaxs bo‘lgan. Qotil ushbu jinoyatni sodir etganidan so‘ng darhol ijtimoiy tarmoqlarga video joylagan. Slayem S. AQSHda o‘ldirilgan 6 yoshli bola uchun qasos olganini ta’kidlagan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boringCtrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSh hududlarni qanday qoʻlga kiritgan edi?
Tramp bilan Ukraina boʻyicha muzokaralarda Putin nimalar talab qilishi aytildi
Tramp Isroil va HAMAS oʻrtasida kelishuvga erishilganini e'lon qildi
Xitoy Baydenni ikkiyuzlamachilikda ayblab, sanktsiyalarga javob qaytarishga va'da berdi
Los-Anjelesda “oʻta xavfli vaziyat” e'lon qilindi
Isroil HAMAS bilan kelishuvga erishganini rad etdi