Yangi Zelandiyadagi aeroportda shoshilinch evakuatsiya amalga oshirildi

Yangi Zelandiyadagi aeroportda shoshilinch evakuatsiya amalga oshirildi
Yangi Zelandiyadagi aeroportda shoshilinch evakuasiya amalga oshirildi

Yangi Zelandiyadagi Kuinstaun kurorti aeroportida farrosh ayol samolyotda bomba haqida yozilgan xat topib olganidan so‘ng shoshilinch evakuatsiya amalga oshirildi. Bu haqda «Korrespondent.net»ga asoslanib «Daryo» xabar bermoqda.

New Zeland Herald nashri ma’lumotlariga ko‘ra, xat Avstraliyadan uchib kelgan Qantas aviakompaniyasi samolyoti bortidan topilgan. Bu payt bortda yo‘lovchilar bo‘lmagan.

Hozirda aeroportda politsiya ishlamoqda, bo‘m-bo‘sh samolyot uchish maydonida turibdi. Huquq-tartibot vakillari portlovchi moddalar izlarini topganicha yo‘q.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar