Rossiya Sanoat va savdo vazirligi xizmat avtomashinalari sifatida xarid qilinishi tavsiya etilgan avtomobillar ro‘yxatini e’lon qildi.
Amaldorlar uchu ustuvor tartibda xarid qilish tavsiya etilgan avtomobillar:
- Lada brendining Vesta, Vesta SW Cross, Granta, Niva Travel, Niva Legend modellari;
- UAZ brendining "Patriot", Pikap, "Profi", "Xanter", SGR modellari;
- Aurus brendining Senat va Komendant modellari;
- "Moskvich" brendining 3, 3e, 6 modellar;
- Evolute brendining I-PRO, I-JOY, I-SKY modellari;
- Haval brendining Jolion, Dargo, F7/F7x, H9 modellari.
Sanoat va Savdo vazirligi aynan ushbu modellarni tavsiya etishiga sabab — ushbu avtomobillarning mahalliylashtirish darajasi yuqori bo‘lganida. Mahalliylashtirish darajasi past bo‘lgan avtomobillarni maxsus ruxsatnoma bilan sotib olish mumkin.
Vazirlik, shuningdek, bozorga yangi modellar kirib kelishi bilan ro‘yxatni kengaytirishga va’da bergan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin yozda amaldorlarni mahalliy avtomobillarga o‘tkazishni buyurgan edi. Sanoat va savdo vazirligining ta’kidlashicha, bunday qaror ularga bo‘lgan talabni qo‘llab-quvvatlaydi va sanoat rivojiga xizmat qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyada spirtli ichimlikdan vafot etgan oʻzbekistonliklar 6 nafarga etdi
Taniqli bloger TikTokni sotib olmoqchi(mi?)
Rossiya sudi Googleʼni 8 mlrd rubl jarimaga tortdi
Janubiy Koreya prezidenti hibsga olindi
General Kirillovga suiqasd ishi boʻyicha yangi ayblanuvchilar paydo boʻldi
AQShning Xitoy kompaniyalari haqidagi bayonoti