09:52 / 26.10.2023
333

74 yoshli modelyer Vera Vong go‘zallik va yoshlik siri bilan bo‘lishdi

74 yoshli modelyer Vera Vong go‘zallik va yoshlik siri bilan bo‘lishdi

74 yoshli modelyer Vera Vong ovqatlanish masalasida o‘ziga hech qanday chegara qo‘ymasligini yoshlik va go‘zallik sirlaridan biri deb biladi.

Vongning aytishicha, 2 hafta mobaynida har kuni McDonaldʼs yeguliklariga buyurtma berishi, keyin esa maʼlum muddat tanaffus qilishi mumkin. Ijodkor, shuningdek, Dunkinʼ Donuts shirinliklarini ham juda yaxshi ko‘radi. Uning sevimli shirinligi — mayda bezaklar sepilgan pushtirang, shuningdek, vanilli krem bilan to‘ldirilgan ponchikdir.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Modelyerning aytishicha, tinimsiz ravishda mehnat qilish ham yosh ko‘rinishga yordam beradi. “Men umr bo‘yi ishladim, shuning uchun ham bular haqiqatdan bir-biriga bog‘liq ekanligini bilaman. O‘ylashimcha, ish jarayoni doim tetik bo‘lishimiz va yoshlikni saqlashga yordam beradi. Mehnat — salomatlik uchun eng yaxshi dori vositasidir”, — deydi u.

Foto: Future Image

Vong 2020-yilda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali hamisha yosh ko‘rinishiga “ish, uyqu, sevimli kokteyllari va terini quyoshdan himoyalash” yordam berishini aytib o‘tgandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo