22:13 / 27.10.2023
704

AQSHda Eronga hujum qilishga tayyorgarlik ketmoqda

AQSHda Eronga hujum qilishga tayyorgarlik ketmoqda

AQSH prezidenti Jo Baydenni Eronga hujum qilishga undashmoqda, xususan, senator Lindsi Grem va uning sobiq hamkasbi Jozef Liberman. Bunday fikrni Pentagonning sobiq maslahatchisi polkovnik Duglas Makgregor bildirdi, deb yozmoqda RIA Novosti.

Bu insonlar yillar davomida mazkur istakni bir necha bor bildirishgan. Ular endi o‘zlari manipulyatsiya qila oladigan, harakatga unday oladigan ma’muriyatga ega deb o‘ylashadi. Aslida ularga hech qanday turtki kerak emas, Bayden kabinetida Eronga hujum qilishdan manfaatdor ko‘p odamlar bor”, — dedi Makgregor.

Tahlilchining fikriga ko‘ra, Eron bilan urush g‘oyasiga berilib ketish Amerika siyosiy elitasining ayrim vakillari o‘rtasida Yaqin Sharqdagi mojaroning boshqa jihatlarini yashirmoqda. Xususan, Makgregor bunday rejalar amalga oshsa, AQSH mojaroga aloqador boshqa davlatlar bilan ham shug‘ullanishiga to‘g‘ri kelishini ta’kidladi. Ular orasida Suriya, Turkiya va Rossiya ham bo‘ladi, dedi u.

Rossiya Eronning yo‘q qilinishini kuzatib o‘tirmaydi. U biz bilan urush qilishdan manfaatdor emas va u, albatta, Isroil bilan urush qilishni xohlamaydi. Rossiya Isroil manfaatlariga juda e’tiborli edi, lekin esda tutingki, isroilliklar Ukrainaga yordam berishdi, ular juda ko‘p razvedka ma’lumotlarini taqdim etishdi, Ukrainaga ko‘plab Mossad zobitlarini yuborishdi. Shunday qilib, bu vaqtda Moskva shunday deyishi mumkin: eshiting, bizda boshqa tanlov yo‘q, biz Eronni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak, uning yo‘q qilinishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz”, — deydi tahlilchi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo