Ronaldu Figu va Ronaldoni mehmon qildi

Ronaldu Figu va Ronaldoni mehmon qildi

Real” va “Barselona”da o‘ynagan jahon futboli yulduzlari – portugaliyalik Luish Figu va braziliyalik Ronaldo Saudiya Arabistonida mehmon bo‘ldi.

Ularni ushbu mamlakat futboli shahzodasiga aylanib qolgan Krishtianu Ronaldu kutib oldi va mezbonlik qildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Krishtianu Ronaldu sobiq futbolchilarni qimmatbaho sovg‘alar, xususan, ularning raqami va nomi tushurilgan “An-Nasr”ning futbolkalari bilan siylagan.

Ronaldu Figu va Ronaldoni mehmon qildi

Figu va Ronaldo Saudiya Arabistoni chempionati doirasidagi “An-Nasr” va “Al-Feyxa” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni ham tomosha qildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar